Samarqanddan Xitoyga 27 million $ik mahsulot eksport qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo’mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Camarqandda Xitoy kapitali ishtirokida 50 ta qo‘shma korxona va 8 ta xorijiy korxona tashkil etilgan. Ular asosan, qurilish, mashinasozlik, terini qayta ishlash, to‘qimachilik, elektrotexnika, qandolat va oziq-ovqat mahsulotlari, farmatsevtika yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.

Xitoy va viloyat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 261 million 527,4 ming $ni, shundan 234 million 156,7 ming import, 27 million 370,7 ming $ eksportni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Xitoyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi asosida qurilish materiallari, tibbiyot jihozlari, maxsus texnika ishlab chiqarish, karton va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlarida 18 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xitoyning “King of sales Co.Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “AziyaMetallProf” MCHJda yil yakuniga qadar sovuq formovka va falsovka ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Umumiy qiymati 46 million $ bo‘lgan loyiha uchun xitoylik tadbirkorlar 16,8 million $ miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritdi.