1 aprel holatiga O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 8 280 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

O’tgan yilning shu davriga nisbatan 2 465 taga yoki 42,4%ga o’sgan. Ushbu korxonalarning asosiy qismi Rossiya (1532 ta), Turkiya (982 ta), Xitoy (1222 ta), Qozog’iston (594) va Koreya (689 ta) hissalariga to’g’ri keladi.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning 4 302 tasi qo’shma, 3 978 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to’g’ri keladi.

Hududlar kesimida, xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahrida 5 082 ta (jamidagi ulushi 61,4%), Toshkent viloyatida 913 ta (11,0%) va Samarqand viloyatida 430 tani (5,2%) tashkil etgan.

Eng kam xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar Xorazm 81 ta (1,0%), Qashqadaryo 114 ta (1,4%), Sirdaryo 117 ta (1,4%), Navoiy viloyatida 133 ta (1,6%) hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi 128 tani (1,5%) tashkil etgan.