Kattaqo‘rg‘on tumanida sement ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida keltirilgan.

Loyiha umumiy qiymati 340 mln $ bo’lib, 2019−2021 yillarda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda (2020 yil) qiymati 220 mln $lik 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvati, ikkinchi bosqichda (2021 yil) esa umumiy qiymati 120 mln $lik investitsiyani o’zlashtirigan holda 2,4 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvati ishga tushiriladi.

Zavod qurilishi natijasida 600 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Hengyuan cement” qo‘shma korxonasi 2021 yil 1 yanvarga qadar quyidagilardan ozod etiladi:

  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i to‘lashdan;
  • yer qa’ri uchastkasidan foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun to‘lanadigan “tijoratbop topilma bonusi” to‘lashdan.

Shuningdek, 2019−2022 yillarda Samarqand shahrida quriladigan, ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘llari, barpo etiladigan tonnel va ko‘priklarning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko’ra, jami uzunligi 103 km.ni tashkil etuvchi avtomobil yo‘llar quriladi va ta’mirlanadi, tonnel va ko‘priklar barpo etiladi. Loyihaga 2,7 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi.