Prezident qaroriga binoan bir qator telekommunikatsiya vositalari bojxona to’lovlaridan ozod etildi.

2022 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan quyidagi telekommunikatsiya vositalari bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etildi:

  • telekommunikatsiya va internetdan foydalanish tarmoqlari uskunasining tarkibiga kiruvchi xotirlovchi qurilmalar (847170);
  • optik tolalar, optik-tolali jgutlar yoki kabellar uchun ulagichlar (8536 70 000);
  • koaksil kabellar va boshqa koaksil o’tkazgichlar (8544 20 000);
  • 1000 V dan ko’p bo’lmagan kuchlanish uchun elektr o’tkazgichlar (8544421000);
  • 80 V dan ko’p bo’lmagan kuchlanish uchun elektr o’tkazgichlar va telekommunikatsiyalarda foydalaniladigan boshqa o’tkazgichlar (8544 49 200 0 8);
  • optik-tolali kabellar (8544 70 000 0);
  • tasvirlarni uzatish uchun kabellar (9001 10 100 0);
  • optik tolalar, optik-tolali jgutlar va kabellar (9001 10 900).