“Yandex” O’zbekiston uchun bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumotlar mavjud promo-sahifani ishga tushirdi.

“Ba'zi loyihalarda Yandeksga hamkorlari yordam beradi. Va biz ularga mos ijodkorlarni topishda ko’maklashishga harakat qilmoqdamiz “, deyiladi saytda.

Afzalliklar sifatida erkin ish jadvali, istalgan joydan ishlash imkoniyati, tajriba talabining yo’qligi va ko’plab yo’nalishlar qayd etilgan.

Xabarga ko’ra ish haqi miqdori ishning murakkabligi va vazifalar soniga bog’liq bo’ladi.

Hozirda uch yo’nalish — chiquvchi qo’ng’iroqlar operatori, o’zbek tilini biladigan asessor, hamda piyoda-agenti bo’yicha vakansiya mavjud. Ulardan har birini bosganda “Yandeks"ning vakansiyalar bo’yicha asosiy sahifasi ochiladi — yandex.ru /jobs.

Ilgari Spot “Yandeks"ning O‘zbekistondagi loyihalari haqida xabar bergan edi.