Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiyot buyumlarini sotish mumkin, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
Dorilarni faqat farmatsevtik ma’lumotga ega mutaxassislar chakana sotishi mumkin.
Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalar bilan dorilar va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali sotishda dorixonalar veb-saytlar va mobil ilovalarda bir qator ma’lumotlarni joylashtirishi kerakligi belgilandi.
Xususan, veb-saytlar va mobil ilovalarda sotiladigan dorilar va tibbiy buyumlar haqida ma’lumot, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, narxi, ularning analogi haqida ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Retsept asosida dorilar berilganda farmatsevt retseptning yirtma koreshogiga berilgan dorining nomi, seriya raqami, farmatsevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va dorixonaning shtampini qo‘yib bemorga beradi.
Dorilar elektron retsept bilan berilganda yuqoridagi ma’lumotlar “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi"ga kiritiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
3 iyul 2019, 14:01
Biznes
Elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dorilarni sotish mumkinligi belgilandi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 573
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 17:49 Biznes
“Xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuqori soliq yuki biznesni soyaga tortmoqda” — Sherzod Qudbiyev
Soliq qo‘mitasi raisi soliq yukini kamaytirish tarafdori ekanligini bildirdi. U “yaqin kunlarda” o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi.
Bugun, 17:16 Iqtisodiyot
Samarqand qog‘ozi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
Bundan oldin Xorazm tuxum baragi, Andijon do‘ppisi hamda So‘qoq somsasi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.
Bugun, 16:56 Biznes
Soliq qo‘mitasi Lactalis’ga nisbatan noto‘g‘ri qo‘llanilgan 5,4 mlrd so‘mlik jarimani bekor qildi
Majburiy markirovka qoidalarini buzish holati qonuniy asosda isbotlanmasdan Soliq kodeksining 227−1-moddasi bilan kompaniyaga jarima belgilangan. O‘rganishlar bu noto‘g‘ri qo‘llanilganini ko‘rsatdi.
Bugun, 13:06 Biznes
O‘zbekiston Transmashxolding bilan harakat tarkibini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Bahorda Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi xorijiy kompaniyaga ishonchli boshqaruvga berilgandi.
Bugun, 10:28 Biznes
Besh oyda O‘zbekiston avtomobil importi tarkibida elektromobillar yarmidan ko‘pini egalladi
May oyida mamlakatga olib kelingan avtomobillarning qariyb 95%i Xitoyda ishlab chiqarilgan.
Kecha, 21:03 Iqtisodiyot
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Haftaning shanba va yakshanba kunlari jami 18 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
Kecha, 20:45 Energetika
“Qishga tayyorgarlik va issiq vaqtdagi avariyalar” — HET elektr energiyasidagi uzilishlar haqida
Davlat kompaniyasi e’tirozlardan keyin rejaviy o‘chishlar haqida fuqarolarni xabardor qilishni yanada kuchaytirishga va’da berdi.
Kecha, 20:34 Texnologiyalar
Amazonda ishlayotgan robotlar soni ko‘paymoqda — The WSJ
Omborlarda ishlatiladigan robotlar hozirgi kunda 1 mlnni tashkil qiladi va tez orada u yerda ishlaydigan odamlar sonidan oshib ketishi mumkin.