Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:
- Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 6,1 so’mga ko’tarilib, 8 584 so‘mni tashkil qildi.
- Yevro esa 45 so’mga ko’tarilib, 9 673 so‘mni tashkil qildi.
- Rossiya rubli 1,8 so’mga ko’tarilib, 136 so‘mni tashkil qildi.
Dollar kursi aprel oyining oxirlarida 14 so’mga pasayganidan so’ng ketma-ket ravishda ko’tarilmoqda.
2019 yil 2-chorak natijalariga ko‘ra, bankomatlar orqali konvertatsiya qilingan jami pul miqdori 4,5 mln $ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2019 yil 1-chorakda qayd etilgan 2,4 mln $ga nisbatan 88,1% ga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi.