2019 yil 2-chorak natijalariga ko‘ra, bankomatlar orqali konvertatsiya qilingan jami pul miqdori 4,5 mln $ni tashkil etdi. Bu haqda YUPM ma’lumotlarida keltirilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2019 yil 1-chorakda qayd etilgan 2,4 mln $ga nisbatan 88,1% ga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi.

Diebold Nixdorf Cineo, GRG va NCR rusumidagi bankomatlar 24/7 tartibida (online) xizmat ko‘rsatib, “AQSH dollari va yevro chet el valyutasini konvertatsiyalash” hamda “Naqd pul bilan plastik kartalarni to‘ldirish” funksilyalarini amalga oshiradi.

Ko‘rsatkichlarni taqqoslash natijasida, 2019 yil II chorakda chet el valyutasi konvertatsiyasi asosan Qishloq qurilish bank, Orient Finans Bank, Asia Alliance Bank, Agro Bank, Xalq Banki bankomatlarida amalga oshirildi.