Toshkent shahar hokimligi dizayn-kod talablariga muvofiq peshlavhalar va tashqi reklamalarni tayyorlashi mumkin bo‘lgan sertifikatlangan reklama-ishlab chiqarish kompaniyalari ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Dizayn-kod” loyihasi doirasida shaharning ayrim ko‘chalari uchun binolar fasadlarini bezatish va tashqi reklamalarni joylashtirish bo‘yicha yagona talablar ishlab chiqilgan.

Peshlavhalar va binolarning tashqi ko‘rinishini ushbu talablarga muvofiqlashtirish uchun tadbirkorlar sertifikatlangan tashkilotlar xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Ushbu tashkilotlar mutaxassislari Savdo-sanoat palatasi, Tashkent Invest kompaniyasi va Toshkent shahar Raqobat qo‘mitasi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi ishtirokida tashkil etilgan o‘quv kurslarida tahsil olgan.

Ro‘yxatga 18 ta kompaniya kiritilgan:

  1. Siymo;

  2. Agm Group;

  3. Sns Dizayn;

  4. Faza;

  5. Feska.Uz;

  6. Gunn-Star;

  7. Masterskaya Pechati;

  8. Modern Print Service;

  9. New Led Technology;

  10. Bi Media;

  11. Usso Design;

  12. Artvision;

  13. Focus Advertising;

  14. Mediahub;

  15. “Деловой Город”;

  16. Reg-Family;

  17. Biznes Bomond;

  18. Union TBK.

Shuningdek, hokimlik tadbirkorlar o‘zlari faoliyat yuritayotgan ko‘chalarda binolarni bezatish va tashqi reklamalarni joylashtirish talablarini bilib olishlari mumkin bo‘lgan Telegram-botni ishga tushirganini ma’lum qildi. Botdan @DizaynKodBot manzili orqali foydalanish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:

TumanTelefon raqami

Olmazor tumani

(+998) 99 878−35−22

Bektemir tumani

(+998) 99 201−22−72

Mirobod tumani

(+998) 94 005−30−53

Mirzo Ulug‘bek tumani

(+998) 90 975−60−80

Sergeli tumani

(+998) 90 117−02−47

Uchtepa tumani

(+998) 90 100−76−76

Chilonzor tumani

(+998) 90 813−05−06

Shayxontohur tumani

(+998) 90 117−02−47

Yunusobod tumani

(+998) 99 907−53−00

Yakkasaroy tumani

(+998) 90 807−58−77

Yangihayot tumani

(+998) 99 201−22−72

Yashnobod tumani

(+998) 99 907−53−00

Toshkent dizayn-kodi

28-yanvar kuni Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasida poytaxt dizayn-kodi qoidalarini amaliyotga joriy etish masalasi ko‘rib chiqilgan. 17-fevral kuni mahalliy vakillik organi Toshkent shahar hokimligining Toshkent Invest kompaniyasi buyurtmasi asosida CM International tomonidan ishlab chiqilgan dizayn-kodni joriy etish taklifini ma’qullagan.

Qaror ilovalarida quyidagilar tasdiqlangan:

  • jamoat joylarining turlari va chegaralari, shuningdek, ularni rejalashtirish bo‘yicha tavsiyalar;
  • Toshkent shahridagi shahar dizayni elementlarini joylashtirish qoidalari, tijorat obyektlarini bezatish tartibi, shaharning vizual qiyofasini shakllantirish, unga tutash hududlardan foydalanish, konstruksiyalar va axborot vositalarini (reklama, peshlavhalar, yozuvlar) joylashtirish qoidalari hamda shahar dizayni elementlari kataloglari;
  • Toshkent shahridagi turistik va gastronomik ko‘chalar ro‘yxati;
  • jamoat joylarini obodonlashtirish va sanitariya jihatidan tozalash ishlari uchun foydalanish yig‘imi miqdori;
  • Toshkent shahriga tutash hududlardan samarali foydalanish va dizayn-kod loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha shahar komissiyasi tarkibi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori rasman e‘lon qilingan kundan boshlab uch oydan so‘ng — may oyi o‘rtalaridan kuchga kiradi. Hujjat bilan havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Avgust oyida poytaxt hokimligi tadbirkorlar tomonidan bildirilgan e’tirozlardan so‘ng dizayn-kodni joriy etish yondashuvi o‘zgartirilganini e’lon qilgan. Shahar ma’muriyati “ochiq muloqot, tushunarli axborot berish va yuzaga keladigan masalalarni individual ko‘rib chiqish” tamoyillariga e’tibor qaratgan.

Spot Toshkent Invest bo‘limi boshlig‘i Ruxshona Hasanova bilan poytaxtga dizayn-kod nima uchun kerak bo‘lgani va hokimiyat yangi qoidalarni shaharda qanday joriy etishni rejalashtirayotgani haqida suhbatlashgan.


Avvalroq Spot O‘zbekistonda davlat tili talablariga rioya qilmagan 4 496 ta reklama va tashqi yozuv aniqlangani haqida yozgandi.