BlackRock’dan IFC’gacha: Sevara Kamolova xalqaro moliya sohasida karyerasini qanday qurdi?

U Spot’ga xalqaro moliya sohasiga qanday kirib kelgani hamda xorijda ta’lim va ish tajribasi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, karyera qurmoqchi bo‘lgan yoshlarga o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


QazETA: Qozog‘istonga kirish uchun elektron ruxsatnomani qanday olish mumkin?

Spot QazETA ilovasida qanday ro‘yxatdan o‘tish, chip o‘qilmaganda nima qilish kerakligi va agar 72 soat oldin ariza topshirishga ulgurmagan bo‘lsangiz, ruxsatnomani qanday rasmiylashtirishni o‘rganib chiqdi.

hafta yakuni, yangiliklar


ibook kitob do‘koni, Tirilish nashriyoti asoschisi Amirxon Valijonov tavsiya etgan 5 ta kitob

Tadbirkor Spot’ga, inson ruhiyatiga, tarix va geosiyosiy jarayonlarga boshqacha qarashga undagan kitoblari haqida gapirib berdi. U muntazam mutolaaning ahamiyati, asarlarni tanlash mezonlari va kitobxonlikni odatga aylantirish bo‘yicha tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonning eng daromadli banklari: 2026-yilning to‘qqiz oyida ular qancha sof foyda oldi?

Eng ko‘p sof foyda olgan bank Ipoteka-bank bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarda O‘zmilliybank, Hamkorbank, Kapitalbank va O‘zsanoatqurilishbank joylashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Davaktiv, Uzbekistan Airports va IT Park rahbarlari: TOP-40 yosh rahbarlar reytingida kimlar bor?

Reyting ishtirokchilari normativ-huquqiy tashabbuslar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, murojaatlar ijrosi, ochiqlik va xalqaro reytinglardagi natijalar asosida baholandi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari to‘qqiz oyda $15,2 mlrd ga yetdi
    Shu davrda aholi banklarga $18,9 mlrd lik xorijiy valyuta sotdi, xaridlar esa $10,9 mlrd ni tashkil etdi. Natijada valyuta taklifi talabdan $7,9 mlrd ga oshdi.
  2. Imarat Development asoschisi Marat Xamdamov jinoyat ishi doirasida ushlandi
    Avvalroq Toshkent shahar IIBB kompaniya rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan edi. Xamdamov jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.
  3. 15-noyabrdan aholi uchun suyultirilgan gaz narxi 5 ming so‘m etib belgilanadi
    Ehtiyojmand oilalarga har bir kilogramm uchun 3 ming so‘mdan, oyiga ko‘pi bilan 20 kg gaz xaridi uchun kompensatsiya to‘lanadi.
  4. Mirziyoyev Buxoroda umumiy qiymati $7,8 mlrd lik 145 ta loyihaga start berdi
    Shundan qiymati $654 mln bo‘lgan 55 ta loyiha ishga tushirildi, $7,1 mlrd lik yana 90 tasining qurilishi boshlanmoqda.
  5. “Zapravka"larda maishiy gaz ballonlarini to‘ldirganlik uchun jarima joriy etildi
    Bozor va savdo markazlari egalari yong‘indan majburiy sug‘urtani rasmiylashtirmagani uchun ham jarimaga tortiladi.
  6. Piyoz narxi nega qimmatladi? Qishloq xo‘jaligi vazirligi izoh berdi
    Surxondaryoda piyoz narxi 4−4,5 ming so‘mga yetdi. Vazirlik buni boshqa viloyatlardan mahsulot tashish xarajatlari, mavsumiy kamayish va savdo ustamalari bilan izohladi.
  7. UzAuto Motors sof foydasi to‘qqiz oyda qariyb 47% ga kamaydi
    Sof foyda 1,87 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 1,65 trln so‘mga kamaydi. Avtomobil sotishdan tushum esa 13,2% ga qisqardi.
  8. Toshkentda isitish mavsumi 9-noyabrdan boshlanadi
    Dastlab ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarga issiqlik beriladi. Isitish uchun to‘lov xizmat amalda ulangan kundan boshlab hisoblanadi.
  9. Gaz “zapravkalar” faoliyati vaqtincha cheklanishi mumkin
    Sovuq ob-havo sabab gaz ta’minotida aholi va ijtimoiy obyektlarga ustuvorlik berilib, cheklovlar zaruratga qarab joriy etiladi.
  10. IIV aholiga suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib berilishini nazorat qiladi
    Vazirlikka ko‘ra, o‘tgan oyda 9139 ta gaz balloni, 92,9 tonna suyultirilgan gaz va 333,5 tonna ko‘mir noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan.