Toshkent shahar hokimligi Milliy gvardiyasiga tegishli 95713-sonli harbiy qismga autsorsing shartlari asosida ovqatlanishni tashkil etish uchunautsorserlar tanlash bo‘yicha tender e’lon qildi.

Autsorserlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni o‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi.

Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnik va logistika bazasiga ega, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor talabgorlar ustunlikka ega bo‘ladi.

Shuningdek, autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • yuridik shaxs bo‘lishi;
  • Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 323-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga rioya qilishi;
  • autsorsing xizmati bo‘yicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga ega bo‘lishi;
  • moliyaviy ahvolining barqarorligi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorligi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi;
  • statsionar va dala sharoitida autsorsing xizmati ko‘rsatish uchun yetarli moddiy-texnika va logistika bazasiga ega bo‘lishi;
  • shtatida yetarli ish tajribasiga va ko‘nikmaga ega xodimlar bo‘lishi.

Tenderda ishtirok etish istagini bildirgan autsorser korxonalar Toshkent shahar hokimligiga joriy yil 31 iyul kuniga qadar murojaat etishlari kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.