Prezident “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekistonda 2019−2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qayta ishlash va eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

2019 yil 1 avgustdan qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qiluvchilarning mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari “O‘zstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.

Shunindek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

  • milliy valyutada, qiymati 10 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan qismiga, biroq 5%dan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
  • xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 10 mlrd сўmdan oshmaydigan miqdorda jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40%i, ammo 4%dan ortiq bo‘lmagan miqdorda foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladi;
  • kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd сўmdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi;