Prezident “Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 avgustgacha pillichilik korxonalariga 8 turdagi mahsulotlarni AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Turkiyaga eksport qilishda havo va temir yo‘llari transportida tashish xarajatlarining 50% gacha miqdorini davlat byudjetidan kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15%dan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari 2021 yil 1 yanvarga qadar xom ipak va ipak momig‘i mahsulotlariga ham tatbiq etiladi.

Pilla yetishtirish, pilla yetishtiruvchilarga bo‘nak berish kabi ishlarni moliyalashtirishga 2019 — 2022 yillarda ajratiladigan bank kreditlari foiz xarajatlari uchun Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berish tartibi o‘rnatiladi.

Shunindek, qaror bilan tirik pilla yetishtirish xizmati narxini 2020 yildan kamida 20%ga, 2021 yildan yana kamida 10%ga oshirish choralarini ko‘rish belgilandi.

2022 yil 1 avgustga qadar “O‘zbekipaksanoat” korxonalariga tomonidan ipak qurti urug‘larini, istisni tariqasida, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berildi, hamda olib chiqilishi natijasida tayyorlangan pillalarni respublika hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etishga oid imtiyoz berildi.