Fevral oyida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

May oyida Senat tomonidan ma’qullangan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonun prezident tomonidan imzoladi.

Qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish doimiy foydalanish yoki umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi bilan berilgan yer uchastkalarini sotib olish va ularni elektron onlayn-auksion orqali sotish tarzida amalga oshiriladi.

Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

  • xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik ob’ektlar joylashgan yer uchastkalari;
  • rejalashtirish sxemalari bo‘lmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari;
  • tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari;
  • o‘rmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar);
  • xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;
  • erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.

Qonun 2020 yil 1 martdan e’tiboran kuchga kiradi.