Endilikda yaylovlar ham doimiy egalikka va ijaraga beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan.

Qaror bilan yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan har besh yilda bir marta yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar olib borish va xatlovdan o‘tkazish, yaylovlar almashinishini tashkil etish va unda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalari belgilanadi.

Yaylovlar quyidagi maqsadlar uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan doimiy egalik qilishga, ijaraga va vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin:

  • chorva mollarini o‘tlatish;
  • pichan o‘rish;
  • dorivor o’simliklarni yig‘ish;
  • yaylovlarni qayta tiklash maqsadida urug‘ yig’ish;
  • yaylov o‘simliklarini yig‘ish;
  • yaylov infratuzilmasini yaratish.