Avgust oyining oxirida dollar kursi pasayganidan so‘ng yana ko‘tarila boshladi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi 10 so‘mga ko‘tarilib, 9 384 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 149 so‘mga pasayib, 10 296 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 1 so‘mga pasayib, 140 so‘mni tashkil qildi.

Iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa avgust oyining boshida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan almashuv kursi oshish sur’atining tezlashishi kuzatildi. O’tgan haftada esa dollar kursi 323 so‘mga ko‘tarilib, rekord ko‘rsatkichni qayd etdi.

Markaziy bankda ichki valyuta bozoridagi joriy holat va almashuv kursi dinamikasi to‘g‘risidagi holatga izoh berildi.

ilgari Spot 20 avgustdan O‘zbekiston banklari tomonidan naqd valyuta sotish boshlangani, bir kun ichida banklar aholiga qancha naqd xorijiy valyuta sotgani ma’lum qilindi haqida xabar bergan edi.