2018 yil mart oyida prezident farmoniga binoan onlayn O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olishga ruhsat berilgan edi.

2018 yil 1 apreldan 2019 yil 1 avgustgacha jismoniy shaxslar mobil ilovalar orqali 668,4 mln $ sotib oldi.

Bu haqda 10 sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Markaziy bank va Banklar assotsiatsiyasi rahbar xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi, xabar beradi Spot muxbiri.

Shuningdek, matbuot anjumani davomida, 1,5 yil davomida o‘zbekistonliklar onlayn ravishda omonatlarga 459,4 mlrd so‘mni joylashtirganligi va 238,2 mlrd so‘mlik kreditlar olganligi ma’lum bo‘ldi.

Ilgari Spot O’zbekistonda onlayn konversiya amaliyotlari hajmi tobora ortib borayotgani haqida xabar bergan edi.