2019 yilning 2 choragida bank onlayn konversiyasi operatsiyalarining umumiy miqdori 1 729 014 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi ma’lumotlarida keltirilgan.

Mazkur ko’rsatkich joriy yilning 1 choragiga nisbatan (1 066 540 mln so‘mni tashkil etgan) 662 474 mln so‘mlik farq yoki 62,1% lik o‘sish belgilandi.

Bank onlayn omonatlar operatsiyalari soni esa 53 567 tani qayd etib, 2019 yilning birinchi choragidagi holatiga nisbatan 9 855 talik farq yoki 22,5% lik o‘sishni namoyon etdi.

Shuningdek, pul mablag‘larining bank onlayn konversiyasi operatsiyalarining soni 458 480 tani qayd etib, 2019 yilning 1 chorakdagi holatiga nisbatan 152 900 talik farqni ko‘rsatdi.

Ilgari Spot O’zbekistonda onlayn to’lovlarning hajmi keskin oshayotgani haqida xabar bergan edi.