2019 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 68,7 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30,5 mingtaga ko‘pdir. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Natijada, ro‘yxatdan o‘tgan shu davriga solishtirilganda ularning umumiy soni 71,7 mingta (21,9%) ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 399,2 mingtani tashkil etgan.

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga 399,2 mingta korxonalar va tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,9% ga o‘sgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha jamiga nisbatan 24,5% savdo, 17,8% sanoat, 9,3% qurilish, 7,5% qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,4% yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 3,9% tashish va saqlash, 2% axborot va aloqa, 2% sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda, 26,6% boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida, faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (83 129 ta), Toshkent (42 076 ta), Farg’ona (34 759 ta), Andijon (32 398 ta) va Samarqand (31 689 ta) viloyatlari hissasiga to‘gri keldi.

Aksincha Sirdaryo (12 820 ta), Navoiy (15 301 ta) hamda Jizzax (17 527 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.