Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi 15 so‘mga ko‘tarilib, 9 411 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 60 so‘mga ko‘tarilib, 10 421 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 3,5 so‘mga ko‘tarilib, 146 so‘mni tashkil qildi.

Iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa avgust oyining boshida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan almashuv kursi oshish sur’atining tezlashishi kuzatildi.

Markaziy bankda ichki valyuta bozoridagi joriy holat va almashuv kursi dinamikasi to‘g‘risidagi holatga izoh berildi.