Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi 22 so‘mga ko‘tarilib, 9 446 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 50 so‘mga pasayib, 10 332 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 1 so‘mga pasayib, 146 so‘mni tashkil qildi.

Iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa avgust oyining boshida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan almashuv kursi oshish sur’atining tezlashishi kuzatildi.

Avgust oyi oxirida Markaziy bankda ichki valyuta bozoridagi joriy holat va almashuv kursi dinamikasi to‘g‘risidagi holatga izoh berildi.