Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar narxlarini yangiladi:

  • Oltin tanga narxi 300 ming so‘mga tushirilib 14,4 mln so‘mni tashkil etdi.
  • Kumush tanga narxi esa 23 ming so‘mga tushirildi — 326 ming so‘m.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Markaziy bank 1018 yil noyabr oyining oxirida oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqardi. Bir hafta davomida sotuvga qo‘yilgan 6900 dona kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarning qariyb 3 mingtasi sotildi.

Kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar sotuvda deyarli qolmadi. Respublika va viloyatlar bo‘yicha 4 tanga qoldi — Buxoroda (Hamkor bank) 3 ta, Xorazmda (O‘zmilliybank) 1 ta mavjud.

Esdalik tangalarning tijorat banklari filiallaridagi qoldig‘i bo‘yicha batafsil ma’lumot bu yerda.