Toshkentda tadbirkorlarga eksperiment tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali yer berish tartibi joriy qilingan.

Toshkent shahridagi yerlar ochiq auksionga qo‘yiladi. Tadbirkorlik qilaman, yer kerak degan tadbirkor hokimiyatga, yagona darchaga va boshqa tashkilotlarga borishining hojati yo‘q. Endilikda E-iro auksion portaliga kirib, ro‘yxatdan o‘tib, yer olish imkoniyati mavjud.

Poytaxtda 86 ta bo‘sh turgan binolar aniqlangan. Bu davlat mulki bo‘lgan binolardir. Ularning 73 tasini ishlab chiqarish va tadbirkorlikka jalb etish masalasi hal qilindi. Ishchi guruh avgust oyida yana xatlov o‘tkazdi, xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Buning natijasida yana 35 ta obyektlar aniqlandi. Hozir davlat mulki hisoblangan 48 ta obyekt bo‘sh. Agar vazirlik va boshqa idoralar ulardan maqsadli foydalanmasa hamda tegishli choralarni ko‘rmasa, ular hokimiyat balansiga o‘tkaziladi va auksionga qo‘yiladi.