Brand Finance Global 500 2021 izlanishlar natijasini e’lon qildi. Unga ko’ra Apple dunyoning eng qimmat brendi deya tan olindi. Texnologik innovatsiyalari tufayli mashhurlikka erishgan Tesla reytingda eng tez o’sib borayotgan brend deya belgilandi. Uning aktivlari yil davomida 158% ga ya’ni 32,0 mlrd. dollargacha o’sgan. Bosh direktor Ilon Mask atrofidagi turli xil qarama-qarshiliklardan xalos bo’lmasdan paydo bo’lgan Teslaning kapitallashuvi so’nggi bir yil ichida 500 milliard $ miqdorida o’sib, dunyodagi eng yirik to’qqizta avtomobil ishlab chiqaruvchi qatoriga kirishga muvaffaq bo’ldi.

Shtab kvartirasi Kaliforniyada joylashgan avtoulov brendi bu yil ham rekord sotuvlarni yangilab, Model Y rusumli avtomobilini ishlab chiqarishni ko’paytirdi va Shanxayda zavod ochib yangi bozorlarga kirib bordi. Dunyoda eng ko’p sotiladigan plagin va akkumulyatorli yo’lovchi avtomobili ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, avtomobilsozlik sanoatida sun’iy intellektdan foydalanishda kashfiyotchi sifatida Tesla innovatsion barqarorlikka intilib, yanada samarali akkumulyator batareyalarini ishlab chiqardi.

Tesla rivojlanib turgan bir vaqtning o’zida Brand Finance Global 500 2021 reytingidagi aksariyat an’anaviy avtomobil markalari uchun joriy yil qiyin kechdi, chunki har 5 markadan 4 tasi tovar qiymatini pasaytirdi yoki ishlab chiqarishni to’xtaib qo’ydi.

Sanoat olamidagi eng qimmatli brend Mercedes-Benz aktivlari 10 foizga pasayib, reytingda barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida eng katta tovar qiymatining pasayishiga duch keldi. Nemis brendi izchil elektr harakatlanish strategiyasini ishlab chiqish va uning elektromobillari modellarini aniq tasavvur qilish uchun kurash olib bordi. COVID-19 pandemiyasi ta’sirida sotuvlar yanada kuchayganligi sababli Mercedes-Benz Toyota dan ortda qoldi. Toyota brendining aktivlari esa 2 foizga o’sib, 59,5 mlrd.daromad olib keldi.

Avvalroq Spot, Tesla Model3 avtomobilining Xitoy uchun maxsus yangilangan versiyasini taqdim etgani haqida yozgan edi.