Joriy yilning 27-yanvar kuni Prezidentning PQ-4964-sonli qaroriga binoan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 413 milliard so’m miqdordagi mablag’lar tijorat banklari tomonidan kredit sifatida beriladi. Bu haqda Lex.uz ma’lumot berdi.

Kredit mablag’lari Xalq Banki, Mikrokreditbank va Agrobank kabi tijorat banklari tomonidan ajratiladi. Moliya vazirligi tomonidan fondga 200 milliard miqdordagi pul summasi xorijiy moliyaviy institutlar tomonidan olingan qarzlar hisobidan ajratish vazifasi yuklatildi.

Ushbu mablag’ning 100 milliardi joriy yilning birinchi choragida moliyalashtirilishi ko’zda tutilgan. Qolgan miqdor kelib chiqqan talabga ko’ra beriladi.Shunungdek, limonchilikni rivojlantirish uchun “Turonbank” ATB orqali 50 milliard so’mdan kam bo’lmagan holatda kreditlar ajratishga yo’naltirish belgilab berilgan.