16- fevral kuni O’zbekistonning bir nechta banklarida dollar kursi oshdi.

Ko’p hollarda sotib olish — 10 500 so’m, sotish esa — 10 590 so’mni tashkil qilmoqda. Bungacha esa 10 550 so’mdan sotib kelinayotgan edi.

Bir kun oldin ichki valyuta bozorini tartibga soluvchi o’zgarishlar kuchga kirdi. Valyutalar rasmiy kursi haqida ma’lumotlar endi har kuni soat 16:00 da beriladi.

Dushanba kuni Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan qiymatini yangilagan edi.