Davlat soliq qo‘mitasi naqdlashtirish faoliyati bilan bog‘liq korxonalar faoliyati haqida ma’lumot taqdim etgan edi. Endilikda qo‘mita “naqdlashtiruvchi firmalar”
bilan kurashishni boshladi.

“Bir kunlik firmalar” ning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashishning samarali mexanizmi joriy etildi.

2021-yil 16-fevralda Davlat soliq qo‘mitasiga ariza yuborgan 57 ta korxonada o‘tkazilgan soliq nazorati tadbirlarining dastlabki natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:

  • 52 ta korxona yoki 91,3% hollarda “uydirma” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;
  • 1 ta korxona uchun yoki 1,7% hollarda “qalbaki” operatsiyalarni amalga oshirish holati tasdiqlanmadi, shu sababli ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tazkor jarayonlar boshlandi;
  • 4 ta tashkilotda yoki 7% holatlarda noqonuniy hisobga olish qisman tasdiqlangan.

Shuningdek, birgina Toshkent shahrida 74 korxona noqonuniy hisobga olganligini tan olib ixtiyoriy ravishda 4,6 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ bo‘yicha qayta hisob kitobni amalga oshirdi.