Davlat soliq qo’mitasi “Lozim darajadagi ehtiyotkorlik” xizmatini ishga tushirgan edi. Bu tufayli tadbirkorlar to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summalarni kamaytirish tarzidagi huquqni suiiste’mol qilgan korxonalar ro‘yxati orqali o’z biznes-sheriklarining holatini bilib olishlari mumkin bo’ladi.

Naqdlashtirish faoliyati ortidan tuzilgan bitim Soliq kodeksining 266-moddasiga asosan tuzatish kiritiladi yoki hisobga olish bekor qilinadi.

Bitimlar ko’zbo’yamachilik uchun tuzilganligi sababli har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi.

Soliq to‘lovchi tomonidan bitimning qonuniyligini va haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilganligini va mol yetkazib beruvchining bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilsa, QQSning hisobga olinadigan summasi darhol tiklanadi.