Budapeshtda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto oshtirokida biznes-forum bo’lib o’tdi. Bu haqida vazirlik rasmiy sayti xabar beradi.

Umumiy hisobda O‘zbekistonning turli hududlarida parrandachilik, baliqchilik, chorvachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida 12ta investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Bundan tashqari, 76 ta yangi istiqbolli investitsiya loyihasi ustida birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib olindi. Ulardan 26 tasi bo‘yicha O‘zbekiston va Vengriya taraflardan hamkorlar aniqlangan. Shuningdek:

Sanoat sohasi

OOO “METALL PROCESSING TECHNOLOGY” Vengriyaning Delton PIPE KFT kompaniyasi tadbirkorlari bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida Delton PIPE KFT kompaniyasi vakillari O‘zbekistonning mahsulotlariga ulkan qiziqish bildirishdi.

Tashrif natijasida O‘zbekiston kompaniyasi tomonidan mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Investitsiya

“BMB Trade Uzbekistan” korxonasi Vengriyaning “KISS Group” korxonasi bilan muzokara olib bordi. Uchrashuv davomida ikki kompaniya tomonidan qiymati $52 mlnga teng loyiha muhokama qilindi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi — kungaboqar, soya o‘simligini O‘zbekiston hududida yetishtirish va qayta ishlash, shuningdek o‘simliklardan ekstrakt yog‘larini olish hisoblanadi.

Bank-moliya sohasi

Sardor Umurzoqov Vengriya Savso-sanoat palatasi prezidenti Lazlo Parrag va “OTP Bank Group” banki raisi va ijrochi direktori Shandor Chani bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unga ko’ra “OTP Bank Group” ning O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga o‘zbek tijorat banklaridan birini xususiylashtirish orqali kirib kelishi mumkinligi aytib o’tildi.

Avvalroq Spot, Namangan-Panjob biznes forumi natijalari haqida ma’lumot bergan edi.