AQShning sobiq prezidenti, Donald Trumpning Trump Plaza mehmonxonasi va kazinosi oxirgi yillarda holati yomonlashib ketgani uchun buzib tashlandi. Bu haqida nbcnews xabar beradi.

Bino 1984-yilda qurilgan bo’lib, 2014-yildan buyon bankrotlik sababiga ko’ra ish yuritishni to’xtatgan edi. Bu Donald Trumpning uch kazinosidan biri hisoblanib,birinchi bo’lib bankrotlikka uchragan.

“Atlantic city va Trump Plaza aql bovar qilmaydigan darajada edi. Dunyoying eng mashhur odamlarini, jumladan Madonna, Sean Penn va Muhammad Ali kabilarni kirib kelishini ko’rishingiz mumkin edi. Bu vaqtlarni ketishini ko’rganimdan afsusdaman.” dedi Beni Dillon, kazinoning sobiq tadbirlar menejeri.

39 etajdan tashkil topgan binoni buzish uchun hokimiyat tomonidan xayriya auksioni ot’kazildi. Xabar berilishicha, auksiondan yig’ilgan $1 milliondan ortiq mablag' Boys & Girls Club fondiga o’tkazilishi kerak.