Yandex kompaniyasi tarkibidagi tuzilmalar o’zgartirildi. Bu haqda guruh boshqaruv direktori Tigran Xudaverdyan Facebookda xabar beradi.

Yandex Rossiyaning transmilliy kompaniyasi hisoblanib, informatsion texnologiyalar sohasida faoliyat yuritadi. Bugungi kunga kelib 86 turdagi xizmat ko’rsatish yo’nalishida ishlaydi. Ularning barchasi Yandexdagi biznes-yunitlar, aslida alohida funksiyalarga ega bo’lgan kompaniyalar.

“Biz ikkita biznes guruh tuzishga qaror qildik. Birinchisi — o’xshash biznes-yunitlarning va tajribalarning birlashmasi bo’ladi. Bularga Izlash, Reklama va Bulut Xizmatlari (reklama modeli + bulutlari bo’lgan korxonalar) kiradi. Ikkinchisi, E-commerce va Ridetech (barcha onlayn savdo va logistika va transport xizmatlari) birlashuvidir”, -deya izoh beradi Xudaverdyan.

Xabar berilishicha, biznes guruhlarning boshqaruvchilari sifatida Andrey Stiskin va Daniel Shuleyko bo’lgan.

Shuningdek, boshqa biznes-yunitlarning tashkil etilishi va rivojlanishi biznes guruhlar ichida davom etaveradi va bu yunitlar ichidan yangi guruhlar paydo bo’lishi mumkin deyiladi.