Moliya vazirligi o’rinbosari Dilshod Sultonov yaqinda buxgalter.uz veb-saytiga “obnal” firmalar qayerdan kelib chiqishini va nega ko’p kompaniyalar unga murojaat qilishini haqida gapirib berdi. Spot quyidagi maqolada asosiy fikrlarni to’pladi.

Asosiy muammo

O’zbekistonda QQS (qo'shimcha qiymat solig’i) bilan bo’g’liq firibgarliklar tog’risida yig’ilgan ma’lumotlarga ko’ra, 2020 yil avgustdan 2021 yil yanvariga qadar shubhali bitimlar bo’yicha soliqni asossiz hisobga olish 1 trln so’mga yaqin miqdorni tashkil etdi.

Agan firibgarlik to’xtatilmasa, ular bunday yana davom ettiradilar. Kiruvchi QQSni sun’iy ravishda oshirib ko’rsatgan yoki eksport qilishda firibgarliklar sodir etgan holda ular byudjetdan soliqni qoplashga talabdor bo’lishadi. Ya’ni ular soliqni davlatga emas, balki davlat ularga to’laydi.

O’tgan yili qishloq xo’jaligi eksport qiluvchilarning QQSni qoplash bo’yicha talablariga binoan, kontragentlar tomonidan soliq to’lash “zanjiri” or’ganildi. Ba’zi hollarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini “etkazib beruvchilar” bu — “bir kunlik firmalar” bo’lib chiqdi va ularning faoliyati olingan summalarni naqd qilish edi. Va hujjatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini QQS bilan jo’natish nazarda tutilgan, bu, albatta, byudjetga to’lanmagan.


Misol: Surxondaryo A.K. firmasi 1 350 mln so’mlik qisjloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qildi. Xujjatlardan Farg’ona vodiysidan yetkazib beruvchidan unga 1 080 mln so’m, shu jumladan 140,87 QQS to’lab sotib olganlarini ko’rsatishgan. Ushbu summani ular byudjetdan qaytarishni so’rashdi.

Biroq soliq organlari tomonidan o’tkazilgan kameral tekshiruv Farg’ona vodiysidan etkazib beruvchi faqat qog’ozda mavjud bo’lganligini aniqladi. Firma keksa, ayol nomiga ro’yxatdan o’tkazilgan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishitirish yoki xarid qilish amalga oshirilmagan.

Barcha hujjatlar faqat bitta maqsad uchun — shunchaki soliqlardan qochish uchun emas, yana byudjetdan pul olish uchun soxtalashtirishgan.


Agar soliqchilar faol harakat qilishmaganda, byudjetga ikki karra zarar yetkazilgan bo’lardi: mamlakat ichida sotishlardan QQSni olinmagan va shu qatorda firibgarlarga soliq qaytarish orqali byudjeldan pul to’langan bo’lardi.

Nima uchun soliqchilar faqat 2021 yilning fevral oyida “obnalchilarga” qarshi kurashni boshladi?

Naqd pullar va konvertasiya bilan muammolar bo’lgan vaqtda, “naqdlashtiruvchi idoralar” odatdagi holat bo’lgan. So’nggi 4 yilda bank orqali qonuniy naqdlashtirish va o’sha yerning o’zida — so’mlarni tovarlarni import qilish uchun konvertasiya qilish mumkin.

Biroq “kiruvchi QQS"ga va “soliq solinadigan foyda va tegishincha, foyda solig’ini kamaytiradigan xarajatlarga” talab paydo bo’ldi. Soliq islohotlari natijasida ushbu soliqlarni to’lovchilar soni oxirgi 2 yilda 16 martaga ko’paydi.

Firibgarlar QQS bu — oddiy soliq emasligini tezda tushunishdi. Zanjirining har bir ishtirokchisi byudjetga sotish narxida xaridordan undiriladigan “kiruvchi QQS” va o’z etkazib beruvchilariga to’langan “chiquvchi” soliq o’rtasidagi farqni to’laydi. Shu bois, agar “kiruvchi” QQS sun’iy ravishda oshirilsa, byudjetga kamroq to’lash mumkin.

“Naqdlashtiruvchilar”, ularni “soliq o’ralari” deyish to’g’riroq bo’lardi, QQSni hisobga olish huquqi savdosi bilan shug’ullana boshlashdi. Yuqorida aytilganidek — ularning mijozlari hisobga olish, demakki, qoplash huquqidan foydalana olishlari uchun ular hujjat bilan soxta bitimlar rasmiylashtirishadi.

Shunga o’xshash bitimlarni tizimli asosda aniqlash uchun soliq to’lovchilarga borib ommaviy soliq tekshiruvlarini o’tkazish zarur bo’lardi. So’nggi yillarda esa ularga moratoriy amal qiladi.

Shu bois 2020 yil avgust oyidan boshlab, barcha sub’ektlar elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtira boshlashlari bilan soliqchilar jiddiy tahliliy ish uchun instrumentga ega bo’lishdi. Garchi shubhali tashkilotlar bilan bitimlarni so’nggi 5 yil uchun, ya’ni da’vo qilish muddati doirasida aniqlash zarur bo’lsada.

Holat keyin qanday rivojlanadi?

Bundan buyon har qanday qaror qonunga rioya etuvchi tadbirkorlarning manfaatlariga rioya qilinishini hisobga olgan holda qabul qilinishiga harakat qilinadi. Masalan, bugungi kunda xaridlar tizimi to’lanadigan narx bo’yicha g’oliblarni aniqlaydi.

Natijada QQS bilan 110 ming so’mlik tovar soliqsiz 100 ming so’mlik tovarga qaraganda qimmatroq tuyuladi, garchi bunday bo’lmasada. Mazkur tizimni takomillashtirish ustida ishlanmoqda va bunday amaliyotdan voz kechish rejalashtirilmoqda.

Eng asosiysi: shubhali bitimlarni aniqlash, QQSni ro’yxatdan o’tkazish tizimini tartibga solish va boshqa shunga o’xshash chora-tadbirlar faqat muammolarning bir qismini hal qiladi. Tovarning bozorga kelib tushgandan boshlab, sotishgacha bo’lgan harakatining butun zanjiri sog’lomlashtirish zarur.

Tovarlarning iste’molchiga qonuniy harakatida barcha keyingi muammolarni yuzaga keltiradigan mahsulotlarning bir qismini yashirin ishlab chiqarish va arzon bozordan import qilishni aniqlashtirib olish lozim bo’ladi.

Bu — yuklarni hisobvaraq-faktura yoki yukxatlarsiz tashish, terminallar va kassalarsiz savdo qilish, realizasiya qilish qiymatini kamaytirib ko’rsatish va biznesning haqiqiy manfaatlarining ko’p yillar davomida etarlicha baholanmaganligi tufayli yuzaga kelgan boshqa muammolar.

Endi esa davlat tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi aksariyat to’siqlarni olib tashlaganda, u soliq sohasida qonunchilikka rioya qilinishini talab qilishga haqli.


Suhbatni to’liq matni bilan buxgalter.uz veb-sahifasida tanishishingiz mumkin.