Joriy yilning 22−23-aprel kunlari yil davomida tashkil etilishi rejalashtirilgan tadbirlar doirasida Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Institutida “Yoshlar tadbirkorligi — mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish omili” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda IT Park rasmiy sayti xabar beradi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, IT Park, shuningdek, xorijiy va mahalliy OTM hamda mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishadi.

Tadbirning maqsadi quyidagilardan iborat:

  • yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va shakllari haqida ma’lumot berish;
  • tadbirkorlik faoliyatining turli sohalarida yoshlarning tadbirkorlik faolligini oshirishga mo‘ljallangan vositalarni baholash;
  • tajriba almashish va yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, ularning intilishlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun universal platforma yaratish;
  • yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda uchraydigan muammolar va rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqish.

“HMPARTNERS”, TEAM University hamasoschisi, “GEN Uzbekistan” kompaniyasining mamlakat bo‘yicha direktori Hikmat Abdurahmonov spiker sifatida ishtirok etadi.

Konferensiyada Hikmat Abdurahmonov “Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini ommalashtirish hamda tadbirkorlik muhitini shakllantirish” mavzusi bilan, Anastasiya Filippova “O‘zbek talabalarini zamonaviy innovatsion tadbirkorlikka jalb qilish” mavzusi bilan, shuningdek, Rustam Hamdamov yosh tadbirkorlarning “Muvaffaqiyat hikoyalari” taqdimoti bilan so‘zga chiqadi.

Sana: 2021-yil 22−23-aprel kunlari.

Manzil: Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti .

Tadbir boshlanish vaqti: 9:30

Konferensiyada ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

Avvalroq Spot “ChallengeMeOut” ideatoniga arizalar qabuli boshlanganligi haqida xabar bergan edi.