“ChallengeMeOut” ideatoniga arizalar qabuli boshlandi. Bu haqida IT Park sayti xabar beradi.

“ChallengeMeOut” — bu Startup Szeged va MeOut Group tomonidan IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilgan Markaziy Yevropadagi eng yirik xalqaro onlayn g‘oyalar tanlovi.

Ideaton turizm, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida o‘z startap g‘oyalari ustida ishlashni xohlovchi jamoalar va alohida shaxslar uchun mo‘ljallangan. Ideaton doirasida ishtirokchilar tajribali mutaxassislardan qimmatli maslahatlarni olish, shuningdek xalqaro ekspertlarning treninglari va pichinglarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ideaton 4 kun davom etadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ishtirokchilar onlayn kompaniyalarga borishadi va ularning ilg‘or tajribalari va muvaffaqiyatli startap namunalari bilan tanishib chiqishadi;
  • modellashtirish, marketing, moliya va pitching sohalariga oid master klasslarda ishtirok etishadi;
  • ishtirokchilar o‘z biznes modellarini yakunlab, xalqaro hakamlar hay’atiga taqdim etadi.

Hamma tadbir “VirBELA” onlayn-konferensiya platformasida o‘tkaziladi.

Tadbirda 20 ta mamlakat, 24 ta mentor, 8 ta hakamlar hay’ati azosi va startaplar ishtirok etadi.

Ishtirok etish shartlari:

  • ro‘yxatdan o‘tish;
  • ingliz tilidi yozma va og‘zaki ko‘nikmalarni yuqori darajada bilish;
  • COVID-19 ta’sirini o‘tkazgan sohalarda (turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ko‘ngil ochar joylar va boshqalar) qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion yechimlarni topish va ularni hakamlar hay’atiga taqdim etish;

Sovrinlar:

1-o‘rin: 1000 EUR;

2-o‘rin: 500 EUR;

3-o‘rin: 300 EUR.

O‘tkazilish sanasi: 2021-yil 22−25 aprel. — Ishtirok etish bepul. Arizani jamoa yoki individual ravishda jo‘natishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot bu yerda.