YouTube Shorts tavsiyalar tizimini yangilamoqda, deya xabar berdi Kod Durova nashri.
Platforma original kontentni ko‘proq ilgari suradi, boshqa kanallardan videolarni o‘zgarishsiz qayta yuklaydigan roliklarning qamrovini esa kamaytiradi.
O‘zgarish aynan Shorts lentasidagi tavsiyalarga taalluqli. YouTube boshqa videolardan parchalardan foydalanishni taqiqlamaydi va barcha remikslarga avtomatik jazo qo‘llamaydi.
Biroq asosan boshqa mualliflarning videolarini deyarli o‘zgartirmasdan qayta yuklaydigan yoki jamlaydigan kanallar Shorts’da kamroq tarqatilishi mumkin.
Boshqa videolardan foydalanish mumkin, agar muallif ularga mustaqil qiymat qo‘shsa. Masalan, original izoh, sezilarli montaj yoki o‘ziga xos hikoya yaratish.
Platforma kichik texnik o‘zgarishlar yoki shablon asosidagi qayta ishlovning o‘zi yetarli emasligini ta’kidlamoqda. Mualliflarga o‘z nuqtayi nazari, ovozi yoki hikoyasini qo‘shish tavsiya etiladi.
YouTube algoritm original kontentni aynan qanday aniqlashi va muayyan kanal qamrovi qanchaga o‘zgarishini ochiqlamadi. Kompaniya faqat tavsiyalar tizimi ko‘rishlar tarixi, foydalanuvchi qiziqishlari va faolligi kabi milliardlab signallarni tahlil qilishini bildirdi.
O‘zgarishlar 1-oktabrdan kuchga kira boshlagan. Ular YouTube’ning amaldagi qoidalarini to‘ldiradi, biroq ularni almashtirmaydi: mualliflik huquqi va monetizatsiya talablari alohida tartibga solinadi.
Avvalroq Spot YouTube montaj va auditoriyani tahlil qilish uchun SI-assistentni ishga tushirgani haqida yozgandi.
Gemini Omni asosidagi AI-assistent montajda yordam beradi, Ask Studio auditoriyani tahlil qiladi, Reimagine esa videoni yangi uslubda qayta yaratadi.