2026-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk narxlari o‘sishda davom etdi. Bu haqda Markaziy bankning ko‘chmas mulk bozori tahlilida keltirilgan. O‘sish iqtisodiy faollik va aholi daromadlari oshishiga nisbatan mo‘tadil bo‘ldi.

Iyun oyida birlamchi bozorda ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar narxi so‘mda 6,2% ga, dollarda esa 12% ga oshdi. Ikkilamchi bozorda ham shunga yaqin dinamika kuzatilib, narxlar mos ravishda 6,3% va 12,2% ga qimmatlashdi.

ko‘chmas mulk, narxlar, toshkent shahri, uy-joy, yer uchastkasi

Markaziy bank birlamchi va ikkilamchi bozorlardagi narxlarning deyarli bir xil sur’atda o‘sishi uy-joyga talab umumiy bozorda barqaror shakllanayotganini ko‘rsatishini qayd etdi.

Narxlar o‘sishi Toshkentga qaraganda boshqa hududlarda yuqoriroq bo‘ldi. Bu hududlardagi pastroq narx bazasi, aholi daromadlari, qurilish va investitsion faollik kengaygani bilan izohlanadi.

Bundan tashqari, 2026-yilning aprel-iyun oylarida poytaxtda yer uchastkalarining yillik narxi pasayishda davom etdi.

Iyun oyida 100 kvadrat metr yerning o‘rtacha taklif narxi qariyb 292 mln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan 9% ga past.

O‘sha vaqtda Toshkentda bir sotix yer narxi 334 mln so‘m bo‘lgan. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkich joriy yilning birinchi choragidagi 301 mln so‘m qiymatga nisbatan qariyb 3% ga pasaygan.

ko‘chmas mulk, narxlar, toshkent shahri, uy-joy, yer uchastkasi

Shuningdek, joriy yilning may oyidagi keskin pasayishdan so‘ng iyun oyida narxlar oylik hisobda 2,6% ga qimmatlashdi.

Avvalroq Spot Samarqandda uy-joy narxlari boshqa hududlarga nisbatan yuqori bo‘lgani haqida yozgan edi.