Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 14 ta yirik aglomeratsiyada joylashgan turar va noturar obyektlarning o‘rtacha bozor narxlarini taqdim etdi.

Joriy yilning avgust oyi davomida Farg‘onaning 3 ta, Samarqandning 2 ta va Xorazmning 2 ta hududidagi ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha o‘rganish ishlari yakunlandi. Ma’lumotlar elektron savdo platformalarida e’lon qilingan takliflar asosida shakllantirilgan.

Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarning 1 kv.metr uchun eng yuqori o‘rtacha narxi Samarqand shahrida — 11,8 mln so‘mni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Qo‘qon — 7 mln so‘m, Urganch — 6,9 mln so‘m va Kattaqo‘rg‘on — 6,3 mln so‘m turadi.

ko‘chmas mulk, narxlar, uy-joy, bozor narxlari, samarqand, farg‘ona, xorazm

Yakka tartibdagi turar joylar bo‘yicha ham eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand shahrida — 472,1 mln so‘m (1 sotix uchun) qayd etilgan. Urganchda bu ko‘rsatkich 318,5 mln, Xivada 260,3 mln, Qo‘qonda esa 198,6 mln so‘mni tashkil qiladi.

Noturar obyektlar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha narx ham Samarqand shahrida — 12,9 mln so‘m (1 kv.m uchun). Urganchda 7,7 mln, Kattaqo‘rg‘onda 7 mln, Qo‘qonda 7 mln so‘m etib ko‘rsatilgan.

Joriy yil Toshkentda ommaviy baholash doirasida 600 mingdan ortiq xonadon va 213 mingta xususiy hovli o‘rganildi. Dastlabki natijalar amaldagi kadastr qiymati bilan yangi tizim asosida hisoblangan qiymat o‘rtasida jiddiy tafovut borligini ko‘rsatdi.

Avvalroq Spot ko‘p qavatli uylardagi liftlar uchun yangi talablar joriy etilgani haqida yozgan edi.