“Royal Flight” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqida Fuqaro aviatsiyasi agentligi rasmiy sayti xabar beradi.
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining “Royal Flight” aviakompaniyasiga 2021-yil 21-aprelda 9-K sonli O‘zbekiston Respublikasiga Moskva-Andijon-Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Aviakompaniya parvozlarni Boeing 757−200 havo kemasida amalga oshiradi.
Avvalroq Spot, Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi O’zbekistonga parvozlar amalga oshirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.