Joriy yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 37,4 mingtani tashkil etdi.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 8 242 taga oshdi va oʻsish surʼati 128,3 foizni tashkil etdi. Hududlar kesimida oʻtgan yilga nisbatan yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarda, Qashqadaryo (2 826 ta), Toshkent shahri (1 620 ta), Fargʻona (1 217 ta) va Buxoro (778 ta) viloyatlarida sezilarli oʻsish kuzatildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-may holatiga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
- savdoda — 12 269 ta
- sanoatda — 7 633 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 6 058 ta
- qurilishda — 2 479 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda — 2 035 ta
- axborot va aloqada — 926 ta
- tashish va saqlashda — 918 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda — 598 ta
- boshqa sohalarda — 4 436 ta.
