InfinBANK hamkor do‘konlarga bog‘lanmagan holda xaridlarni amalga oshirish va 24 oylik qulay tarzda bo‘lib to‘lash imkonini beruvchi yangilangan InfinBaraka muddatli to‘lov kartasini taqdim etdi.

Istalgan xarid uchun va istalgan joyda muddatli to‘lov

Yangi muddatli to‘lov kartasining asosiy farqi shundaki, u hamma joyda ishlaydi. Endi maxsus do‘konlarni izlash yoki savdo nuqtasi hamkor tarmoqqa kirish-kirmasligini aniqlashning hojati yo‘q.

Karta istalgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida, O‘zbekistonda va undan tashqarida qabul qilinadi.

Amalda bu nimani anglatadi:

  • istalgan texnika do‘konidan smartfon, noutbuk yoki televizor sotib olish;
  • supermarketlardagi mahsulotlar va kundalik xaridlar uchun to‘lov qilish;
  • kir yuvish mashinasi yoki konditsioner sotib olish;
  • xorijda chipta yoki mehmonxona haqini to‘lash;
  • kafe, restoran, servislar va onlayn do‘konlarda hisob-kitob qilish.

Bitta karta — minglab imkoniyatlar. InfinBaraka bilan budjetni rejalashtirish yanada osonlashdi.

Muddatli to‘lov muddati 24 oygacha uzaytirildi — bu standart takliflardan ikki baravar ko‘p.

Moliyaviy shartlar oldindan ma’lum:

  • ustama — (to‘rtdan bir qismi) yillik xarid summasining 1⁄4 qismi;
  • hech qanday yashirin komissiyalar yoki foizlarsiz.

Karta egalari qancha va qachon to‘lashni aniq bilishadi.

Qulay to‘lovlar va yuqori limit:

  • 100 mln so‘mgacha limit — yirik xaridlar uchun mos;
  • yangilanadigan limit — 36 oy mobaynida;
  • kartaning amal qilish muddati — 5 yil;
  • karta faqat naqd pulsiz operatsiyalar uchun mo‘ljallangan — maksimal darajada nazorat va qulaylik.

Yangilangan muddatli to‘lov kartasi — bu muhim xaridlarni kechiktirmasdan va budjetni ortiqcha yuklamagan holda hozir qulay yashashga yordam beradigan vosita.

InfinBANK real hayot uchun tushunarli, texnologik va uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallangan yechimlar yaratadi.

Batafsil.

Reklama huquqlari asosida.