Dollarda jamg‘arma shakllantirishni afzal ko‘radigan mijozlar uchun Samarali omonati mablag‘ni bankda tartibli saqlash va undan qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.

Ushbu omonat ta’lim, sayohat, yirik xaridlar, oilaviy rejalar yoki boshqa maqsadlar uchun jamg‘arma shakllantirishni rejalashtirayotgan mijozlar uchun qulay yechim hisoblanadi.

Samarali omonati shartlari:

  • valyuta — AQSh dollari;
  • omonat muddati — 13 oy;
  • yillik foiz stavkasi — 7,5%;
  • eng kam miqdori — $300;
  • eng ko‘p miqdori — $50 ming;
  • foiz daromadi — har oy olish imkoniyati.

Omonat bo‘yicha batafsil ma’lumotni Poytaxt Bank xizmat ko‘rsatish ofislarida yoki bankning rasmiy sayti orqali olish mumkin.

Poytaxt Bank AJ — xususiy tijorat banki bo‘lib, bank aksiyadori Birlashgan Arab Amirliklarida ro‘yxatdan o‘tgan Bond Investment Ltd kompaniyasi hisoblanadi.

Bugungi kunda bank jismoniy va yuridik shaxslar uchun mikroqarz, avtokredit, biznesni rivojlantirish, uy-joy qurilishi loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, kichik, o‘rta va yirik biznes subyektlari uchun kredit xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, bankda kredit, omonat, bank kartalari, xalqaro pul o‘tkazmalari, valyuta ayirboshlash va boshqa bank xizmatlari ham mavjud.

Telefon: (+998) 71−214−20−00.

Sayt: poytaxtbank.uz
Instagram: @poytaxt_bank
Telegram: t.me/bank_poytaxt

Reklama huquqlari asosida.