Xorijdan muntazam ravishda tovar xarid qiladigan kompaniyalar uchun bank o‘tkazmasi qiymati doimiy xarajatlar qatoriga kiradi. Agar komissiya to‘lov summasidan foiz hisobida olinsa, shartnoma qiymati oshgani sari xarajatlar ham ko‘payib boradi. Aynan shuning uchun ham tobora ko‘proq tadbirkorlar qat’iy belgilangan komissiyali tariflarni tanlamoqda.
Infinbank’da biznes uchun “Xalqaro” tarifi amal qiladi, unga ko‘ra xalqaro pul o‘tkazmalari qiymati oldindan ma’lum bo‘ladi:
- 600 ming so‘m — AQSh dollarida;
- 600 ming so‘m — yevroda;
- 100 ming so‘m — Rossiya rublida.
Bu tadbirkorlarga xarajatlarni oldindan rejalashtirish va har bir yangi shartnoma uchun komissiyani qayta hisoblamaslik imkonini beradi.
Bunday format, ayniqsa, keyinchalik sotish uchun uskunalar, xomashyo, materiallar yoki tovarlarni muntazam ravishda import qiladigan kompaniyalar uchun juda qulay. O‘tkazma summasidan qat’i nazar, komissiya o‘zgarmas bo‘lib qoladi, bu esa xarajatlarni yanada aniqroq bo‘lishini ta’minlaydi.
“Xalqaro” tarifi haqida batafsil ma’lumotni (+998) 71−202−50−80 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Reklama huquqlari asosida.