“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning xabar berishicha, 2021-yil 21-maydan boshlab metropoliten Chilonzor va Oʻzbekiston yoʻllarining ish tartibi vaqtincha soat 06:00 dan 23:00 gacha etib belgilanadi.

Shu kungacha Toshkent metropolitenining “Yunusobod” yo‘nalishi soat 23:00 gacha, “Chilonzor” va “O‘zbekiston” yo‘nalishlari esa soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlab kelardi.

Avvalroq Spot, Toshkentda “Yandeks.Metro” ilovasi ishga tushirilganligi haqida xabar bergan edi.