Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov o’zining Facebookdagi sahifasini o’chirib tashlagani haqida Forbes xabar bermoqda.

Tadbirkor o’zining bu harakatini muhokama qilmagan. Bundan oldin esa Durov WhatsApp ilovasini foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlarini yig’ib oluvchi"Troya oti"ga o’xshatgan edi.

Shuningdek, Ilon Mask maslahat bergan “Signal” ilovasi haqida ham ijobiy fikr qayd etmagan. Durov uni Telegram uchun raqobatchi deb hisoblamaydi, chunki u uning ko’p funksiyalaridan bittasiga — maxfiy suhbatlarga alternativa beradi.