Bu haqda Bosh vazir oʼrinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʼchqorov ishtirokida oʼtgan ochiq davra suhbatida soʼz bordi, deya xabar beradi vazirlik Аxborot xizmati.

Ichki va tashqi bozorni meva-sabzavot va goʼsht mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashda eng asosiy muammo — bu ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar oʼrtasida onlayn maʼlumot almashuvining mavjud emasligida.

Berilgan takliflardan kelib chiqib bir oy ichida Toshkent shahridagi “Toshkent qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ulgurji bozori” hamda “Eski Juva dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatlarida tajriba tariqasida bozor hududiga kunlik kirib kelgan meva-sabzavot va goʼsht mahsulotlari turi, miqdori, ularning eng quyi va yuqori narxi, qaysi hududdan olib kelinganini oʼz ichiga olgan dasturiy taʼminot ishlab chiqilishi belgilandi.

Avvalroq Spot, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o’zgarishi to’g’risidagi tahlilni taqdim etgan edi.