2020-yilning aprel oyida Markaziy bank tomonidan “TBC Bank Group PLC” ga bank sohasida faoliyat oshirish uchun litsenziya berilgan edi. Ruxsatnoma qo’lga kiritilishi bilan bank dastlab poytaxtda o’z faoliyatini yo’lga qo’yishi, keyinchalik esa viloyatlarda o’z filiallarini ochishni reja qilganligi haqida aytib o’tgan.

Hozirga kelib, bank mijozlar uchun depozitlar, onlayn kredit olish va ko’p talab qilingan xizmatlarni shakllantirib yo’lga qo’ygan.

Gruziyaning O’zbekistondagi birinchi raqamli banki “TBC Bank” kuzatuv kengashi raisi “Alter Ego” kanaliga bergan intervyusida muvaffaqiyatli menejer amal qilishi kerak bo’lgan prinsiplar va O’zbekistondagi bank muhiti haqida fikr bildirdi.

“Muvaffaqiyatli menejerning amal qiladigan qoidalari nazarimda indiividual tarzda shakllanadi. Men uchun muhim deb bilganlarimni sanaydigan bo’lsam bular — Get rid of „I“ — tushunchasi ya’ni jamoa bilan ishlashni ustunligi. Agar siz jamoaga o’zingiz tomondan hissa qo’shmasangiz bu sizga rivojlanish va foyda olib kelmaydi. Ikkinchi qoida bu jamoadagi muhit ahamiyati — zaharli muhit ishlash salmog’iga ta’sir ko’rsatadi. Uchinchi qoida „Не будь сорняком“ ya’ni jamoaga zarar keltirayotgan yoki ishlash muhitini o’zgartirayotgan xodimlarni boshqa joyga o’tkazish” — deya izoh beradi N. Kurdiani.

Shuningdek, boshqaruvchi O’zbekiston va Gruziya davlatlari o’rtasidagi asosiy farqni quyidagicha izohladi.

“Afsuski O’zbekistondagi menejment sohasida hali ko’p bilim va tajribaga ega emasman. Ammo bir narsa aniq ko’zga tashlanadi — bu kuchli iyerarxiyaning mavjudligi. Barchasi yoshi katta va bir-biriga yaqin bo’lgan shaxslardan tashkil topgan. Bu yangi avlod (Milleniumlar, Z generation) larga yoqmaydi. Fikrimcha bu ierarxiyani buzish ko’plash yosh kadrlarga imkoniyat eshiklarini ochadi”, deya fikr bildirdi.

Shu bilan birga, Kurdiani ma’suliyatsiz bilan ish olib boruvchilarni yoqlamasligi va aynan o’zi sanab o’tgan “Не будь сорняком” qoidasi asosida ish ko’rishi kerakligini aytib o’tgan.