“N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-5169-son, 01.07.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom OTMning Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi.

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sog‘liqni saqlash tizimi va aholi salomatligini muhofaza qilish uchun muhim ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishga qodir yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash hisoblanadi.

️Filial Universitetning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, ta’lim jarayoni rus tilida olib boriladi.

Filial ta’lim faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi. Abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Avvalroq Spot, Jizzaxda Hindistonning Sambhram universiteti ochilganligi haqida ma’lumot bergan edi.