“Beldirsoy oromgohi”, “Chorvoq oromgohi” (8 ta lotlar) va “Sijjak” dam olish maskanlari boʻyicha raqobat muhitini ta’minlash maqsadida talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati 2021-yil 2-avgustga qadar uzaytiriladi. Bu haqda Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Shu bilan birga, “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskaniga tutash hududda joylashgan Sport bazasi (Kanat yoʻli)ni qoʻshib, butun majmua sifatida sotish masalasi oʻrganib chiqilmoqda.

“Beldirsoy oromgohi” dam olish maskanining sotuv shartlari oʻzgargan hollarda qoʻshimcha e’lon beriladi.

Avvalroq, Spot “Piramidalar” 8 ta lotga boʻlingan holda ommaviy savdoga qoʻyilganligi haqida xabar bergan edi.