SSP tomonidan Amazon.com platformasidan foydalanish uchun oʻzbek tilidagi qoʻllanma ishlab chiqildi. Endilikda mahalliy tadbirkorlarimiz ham elektron savdolarda oʻz mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari tomonidan Amazon.com platformasidan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ilk bor oʻzbek tilidagi qoʻllanma ishlab chiqildi.

Qoʻllanma ikki qisimdan iborat boʻlib, birinchi qism platformaning imkoniyatlari, unda savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish shartlari kabi mavzularda ma’lumotlar berib oʻtilgan.

Qoʻllanmaning ikkinchi qismi esa Amazon.com elektron savdo platformasida sotuvchi sifatida roʻyhatdan oʻtish, platformaning mavjud tariflari, ma’lumotlarni kiritish tartibi, zarur hujjatlar haqida toʻliq va batafsil ma’lumotlar berib oʻtilgan.

Tadbirkorlarimizni yaratilgan imkoniyatdan toʻliq foydalanishga va elektron savdo orqali mahsulotlar eksportini yanada oshirishga chorlaymiz.

Qoʻllanmalarni quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

  1. https://chamber.uz/uploads/amazon/amazon-com-umumiy-qullanma.pdf
  2. https://chamber.uz/uploads/amazon/amazon-com-ruyxatdan-utish-buyicha-qullanma.pdf

Avvalroq Spot, O’zbekistonliklar Amazon orqali oʻz mahsulotlarini sotish imkoni paydo boʻlganligi haqida xabar bergan edi.