Euromonitor International xalqaro tadqiqot kompaniyasi COVID-19 pandemiyasidan so’ng turizm bozorining tiklanishiga ta’sir o’tkazuvchi omillar bo’yicha hisobot taqdim etdi.

Tahlilchilarning fikricha, asosiy drayverlar sifatida — moliyaviy ahvoli yaxshi sayyohlar, oilaviy turistlar, rivojlanayotgan davlatlardagi millinial avlodi ko’rsatib o’tilgan.

Rivojlangan davlatlarda turizm sekinlik bilan tiklanmoqda va Zummer avlodi o’rtasida ham bu ahvol kuzatilmoqda.

So’rovnomada dunyoning 40 dan ortiq davlatlarining 1000 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Natijalar shu ko’rsatadiki, 2020- yilda turizm bozori 75 foizga ortga ketgan. Uning butunlay tiklanishi uchun kamida besh yil talab etiladi.

Shuningdek, qayta oyoqqa turishda kuzatiladigan yana bir trend bu — raqamlashtirish jarayonidir. Lokdaun davrida ko’pchilik orasida virtual sayohatlar uyushtirish va tur paketlarini sotib olish jarayonlari avj oldi.

Bu sohada eng yuqori o’sishni qayd etgan davlat Xitoy bo’ldi. 2021-yilda mamlakatning 56% aholisi mobil ilovalar orqali sayohat qilgan. Kuchli uchlikda Vyetnam va Saudiya Arabistoni turibdi. Rivojlangan davlat fuqarolari esa bunday sayohatni afzal ko’rishmagan.

Kompaniya ekspertlari mobil ilovalarda sun’iy intellekt, big data va boshqa tuzilmalarni rivojlantirilsa, yuqori foydaga erishish mumkin deya hisoblaydilar.